Express.js freymvorkida HTTP server yaratishni o’rganamiz

JBlog
2 min readJul 9, 2021

Express.js bu Node.js runtime dasturining mashhur web feymvorklaridan biri. U Node.js-da bajariladigan ishlarni minimallashtirib beradi. Bugun siz bilan Express.js-da ilk HTTP serverimizni yaratib ko’ramiz. Bu ishni Node.js-ning HTTP moduli bilan ham qilsa bo’ladi, ammo Express.js-da bu ishni amalga oshirish ancha sodda va tushunarli. Endi ishga o’tsak. Buning uchun cmd dasturingizni kompyuteringizda ochib oling va quyidagi kodlarni yozing:

$ mkdir express-app
$ cd express-app

npm dasturidan foydalangan holda Express.js-ni yuklab olamzi.

npm i --save express

app.js fayl yaratamiz va unga yuklab olgan express.js freymvorkimizni ulaymiz.

const express = require('express'); // express.js-ni ulaymiz
const app = express(); // express.js dasturini app o'zgaruvchisiga saqlaymiz

Yaratayotgan HTTP serverimizga nimalar chiqarishin kiritib chiqamiz:

app.get('/', function(req, res){
res.send("Salom JBLog obunachilari");
});

Bu yerda get funksiyasining birinchi parametrida '\' buni ko’rishingiz mumkin. Bu HTTP serverning index sahifasi bo’lib xizmat qiladi. Ikkinchi parametrida esa serverda nimalar hosil bo’lishini kiritganmiz.

HTTP server qaysi port ishlashini kiritish qoldi xolos.

app.listen(5000, ()=> {
console.log(`Server port: http://localhost:5000`);
});

Server portini localhost:5000 deb kiritdik. Endi u ishlayaptimi yo’qmi deb unga tekshiruv so’zini yozdik. Ya’ni server ishlasa konsolda Server port: http://localhost:5000 degan yozuv ko’rinadi. Keling endi tekshirib ko’ramiz. Buning uchun o’sha ochgan cmd dasturingizga quyidagi kodlarni yozasiz:

node app.js
Mana ishlayapti

Kelig endi serverimizni o’zini ko’rsak:

Huh!

Kodlarimizning umumiy ko’rinishi:

const express = require('express');
const app = express();
app.get('/', function(req, res){
res.send("Salom JBLog obunachilari");
});
app.listen(5000, ()=> {
console.log(`Server port: http://localhost:5000`);
});

Bugungi blogimiz shulardan iborat edi e’tiboringiz uchun rahmat.

--

--