Node.js runtime dasturida “Salom, dunyo!” dasturini yaratamiz.

JBlog
2 min readJul 3, 2021

Bugungi blogimizda siz bilan Node.js runtime dasturi nima ekanligini o’rganamiz va unda ilk dasturimizni tuzamiz.

Node.js o’zi nima?

Node.js ko’pchilik yosh dasturchilar freymvork deb o’ylashadi (avvalari men ham shunday deb o’ylardim). Aslida Node.js JavaScript dasturlash tili uchun ishlab chiqilgan runtime dasturi hisoblanadi. Bu dastur bilan JS (javascript) tilini brauzerdan ham tashqarida ishlatish mumkin. Node.js-da yana sodda http serverlardan tortib murakab ijtimoiy tarmoqlargacha yaratish mumkin. Node.js uchun yaratilgan mashhur freymvorklarga Express.js, Telegraf.js va h.k-lar kiradi. Mashhur dasturlardan esa Linkedin, Netflix, Ebay, PayPal va Uber kabilarni misol qilsak bo’ladi.

Node.js dasturini yuklab olamiz

Node.js dasturini yuklagada LTS versiyasini yuklab oling. Nega deganda LTS o’zi Long Time Support degan ma’noni anglatadi. Buning tarjimasi esa Uzoq vaqtgacha qo’llaniladi degan ma’noni anglatadi. Keling endi navbatni dasturimizga bersak.

Bizning ilk dasturimiz

Buning uchun sizga IDE dasturi kerak. Bu dasturchilar ishlatadigan kod muharrir. Men sizga VS Code yoki Atom-ni tavsiya qilaman.Keling endi bir papka ochasak va uning nomini mening ilk dasturim deb saqlaymiz va unga dastur.js nomli javascript faylni saqlaymiz. Grafik ko’rinshi:

|--mening ilk dasturim
|--dastur.js

Endi dastur.js aylimizga kod yozamiz:

console.log("Salom, dunyo!");
Natija

Bugungi blogimiz shulardan iborat edi . E’tiboringiz uchun rahmat!

--

--