PHP dasturlash tilida o’zgaruvchilar ustida amallar

JBlog
1 min readJul 2, 2021

--

PHP dasturlash tili serverlar bilan ishlashi bilan dunyoga mashhur. PHP yordamida WordPress, Facebook va VKontakte kabi dasturlar yaratilgan. Biz bugun PHP dasturlash tilida o’zgaruvchilar ustida amallar bajarishni o’rganamiz. Xo’sh o’zi o’zgaruvchi nima? Barcha dasturlash tilida o’zgaruvchilar bir xil vazifani bajaradi ya’ni o’zida malumot saqlaydi. Ammo bitta farqi har bir dasturlash tilida o’zgaruvchilar har xil usulda e’lon qilinadi. PHP-da bu $ belgisi yordamida amalga oshiriladi. Mana masalan:

<?php
$a = 4; // a nomli o'zgaruvchini e'lon qildik
?>

PHP o’zgaruvchilariga sonlar, harflar, simvollar va so’zlarni saqlash mumkin. Misol uchun:

<?php
$a = 5; // son
$b = 'A'; // harf
$c = 'Salom' // so'z
$d = '😅' // simvol
?>

Endi o’zgaruvchilar orqali turli amallarni bajarsak. Masalan, bir songa ikki sonni qo’shish kerak bo’lsa:

<?php
$a = 5;
$b = 4;
echo $a + $b; // 5 + 4
?>

Endi biz yuqoridagi misolni so’zlar bilan sinab ko’rsak:

<?php
$a = "dunyo";
echo "Salom $a"; // Salom dunyo
?>

yoki

<?php
$a = "dunyo";
echo "Salom" . $a; // Salom dunyo
?>

Bugungi blogimiz shulardan iborat edi. E’tiboringiz uchun rahmat

--

--

JBlog
JBlog

Written by JBlog

Ajoyib va qiziqarli IT bloglar

No responses yet